13 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,2 °C

Hukumat
17 Oktyabr  2019 673
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Davlatimiz rahbari amaliy safarini, an'anaga ko‘ra, Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi. 

Xalqimizga tinchlik-farovonlik tilab duo qilindi.

Ulamolar bilan suhbatda mamlakatimiz tarixi, allomalarimizning boy ma'naviy merosini yosh avlodga yetkazish, ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash haqida so‘z yuritildi. Jamiyatimizda mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, bilib-bilmay adashganlarni avf etib, to‘g‘ri yo‘lga qaytarish, hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish, ma'naviy-ma'rifiy ishlarni kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech