
Ta'lim
2
Dekabr 2019
286
Sirdaryoda “Kitoblar karvoni” maktablarga yo‘l oldi
Sirdaryo viloyati hokimi tashabbusi bilan viloyatdagi 309 ta umumta'lim maktablariga 12603 dona 46 nomdagi badiiy adabiyotlar hamda turli xil (o‘zbek va rus tillarda) ertak kitoblar tarqatildi, deb xabar qiladi xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati.
Kitoblarni tarqatish uchun viloyat xalq ta'limi boshqarmasi tomonidan "Kitoblar karvoni" tashkil etilib, kitoblarning o‘z manzillariga yetib borishi ta'minlandi.