26 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,8 °C

Energetika
23 Yanvar  2020 569

Tabiiy gaz o‘rniga suyultirilgan gaz yetkazib berilyapti

Ijtimoiy tarmoqlarda “Namangan shahri, Yangiobod MFY, M.Rahimov ko‘chasidagi xonadonlarda va Majnuntol MFYdagi xonadonlar 2010-yildan beri tabiiy gaz tarmog‘idan uzib qo‘yilgani va aholi bundan qiynalayotgani” mazmunida xabar tarqalgan edi.

Ushbu xabar yuzasidan “Namangan Hududgaz” MChJ quyidagilarni ma’lum qiladi:

Namangan shahridagi “Yangiobod” hamda “Majnuntol” MFYlar 2012-yilda Namangan shahar hokimining tegishli farmoyishiga asosan suyultirilgan gaz ta’minotiga o‘tkazilgan. Chunki ushbu mahallalar “Namangan-2” gaz taqsimlash stansiyasi orqali tabiiy gaz bilan ta’minlanar, hudud asosiy gaz keltiruvchi tarmoqdan uzoq masofada joylashganligi sababli tabiiy gaz ta’minotida tanqislik vujudga kelgan edi. Mahalla o‘ramidagi barcha iste’molchilar tabiiy gaz tarmog‘idan uzilib, bosqichma-bosqich suyultirilgan gaz ta’minotiga o‘tkazilgan.

“Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘inida bugungi kunda 736 ta iste’molchi mavjud bo‘lib, aholi xonadonlari 764 dona maishiy gaz ballonlar bilan ta’minlangan, shundan 488 dona gaz ballonlari “Namanganshahargaz” filiali tomonidan shartnoma asosida vaqtincha foydalanish uchun yetkazib berilgan. Mazkur MFY aholisiga filial tomonidan o‘tgan yilda 64980 kg suyultirilgan gaz istemolchilarga yetkazib berilgan. So‘nggi marta iste’molchilarga 2020-yil 20-yanvar kuni 9320 kg suyultirilgan gaz belgilangan tartibda yetkazib berilgan.

“Majnuntol” mahalla fuqarolar yig‘inida esa 1051 ta suyultirilgan gaz iste’molchilari mavjud bo‘lib, axoli xonadonlari 1150 dona maishiy gaz ballonlar bilan ta’minlangan, shundan 815 donasi ijara shartnoma asosidagi gaz ballonlar, qolgan 335 ta ballon aholining shaxsiy ballonlari hisoblanadi. Ushbu MFYga ham “Namanganshahargaz” filiali tomonidan o‘tgan 2019-yilda jami 166650 kg suyultirilgan gaz istemolchilarga yetkazib berilgan. Jumladan, yanvar oyida iste’molchilarga 11380 kg suyultirilgan gaz yetkazib berilgan. Har ikkala MFYga suyultirilgan gaz yetkazib berishning davriyligi o‘rtacha 40-45 kunni tashkil etmoqda.

“Namanganshahargaz” filiali xodimlari har ikkala mahalla fuqarolar yig‘inlarining aholisi bilan uchrashib, yuqoridagi masalalar bo‘yicha tushuncha berdilar hamda kelgusida murojaatlar yuzasidan bevosita filialga murojaat qilishlari aytib o‘tildi, deya xabar beradi “Hududgaz Namangan” MChJ matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech