22 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,6 °C

Ta'lim
22 Dekabr  2019 2478

Talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi

20-dekabrdan boshlab respublikaning barcha hududlarida respublika oliy ta'lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish (ko‘chirib tiklash) to‘g‘risidagi arizalar qabul qiluvchi Ishchi guruhlar o‘z faoliyatini boshladi, deb xabar qiladi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi.

Arizalar hududiy Ishchi guruhlar tomonidan kelgusi yilning 20-yanvariga qadar har kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba –  soat 9:00 dan 15:00 gacha) qabul qilinadi.

Taqdim etiladigan hujjatlar:

- Ariza (hududiy ishchi guruh tomonidan beriladi, joyida to‘ldiriladi);

-Pasport nusxasi;

- Reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma'lumotnomadan nusxa.

Talabalar o‘qishini bahorgi semestrda o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishidan oldin ko‘chirishda uzrli sabablar inobatga olinadi.

Jumladan, respublikaning bir hududidan ikkinchi hududiga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan (pasport bo‘yicha doimiy ro‘yxatdan o‘tgan) hududga ko‘chib o‘tganda, turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi harbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda, yoxud ota-onasi (turmush o‘rtog‘i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda o‘qishni ko‘chirish ( ko‘chirib tiklash)ga ruxsat berilishi mumkin.

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kelib tushgan arizalar 2020-yil 25-yanvardan 15-fevralga qadar ko‘rib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech