19 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,5 °C

Sport
30 Sentyabr  2019 830

O‘zbekiston milliy terma jamoasining kengaytirilgan tarkibi e'lon qilindi

2-oktyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 saralash bahslari “D” guruhidan o‘rin olgan uchrashuvlar oldidan Toshkent shahrida yig‘inga kirishadi.

Ushbu yig‘in oldidan yangi murabbiylar shtabi tomonidan kengaytirilgan tarkib e'lon qilindi, deb xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati.

Ushbu ro‘yxatdan o‘rin olgan 28 futbolchi hozirda yangi murabbiylar shtabining kuzatuvi ostida. Dam olish kunlari bo‘lib o‘tadigan klublar o‘rtasidagi o‘yinlardan so‘ng futbolchilarning jismoniy holati o‘rganib chiqiladi va ular terma jamoa yig‘iniga kirishadi.

Yig‘in natijasiga ko‘ra bevosita rasmiy uchrashuvlar qaydnomasiga kiritiladigan futbolchilar tanlab olinadi.   

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech