
Toshkent metrosida tasviriy san’at ko‘rgazmasi
Yoshlarni har tomonlama qo‘llab quvvatlash, ayniqsa, ularning ijodiy salohiyatlarini barchaga namoyish etish maqsadida “Toshkent Metropoliteni” UK 1 iyun — xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan “Metro yo‘lovchining ko‘z o‘ngida” mavzusida tasviriy san'at ko‘rgazmasini tashkil etdi, deb xabar bermoqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati.
Ko‘rgazma 28-31 may kunlari Alisher Navoiy va “Paxtakor” stantsiyalarining kesishgan joylarida bo‘lib o‘tadi. 1 iyundan boshlab, soat 10:00 dan 15:00 gacha metro yo‘lovchilari orasida ovoz berish yo‘li bilan “Eng yaxshi tasviriy san'at” nominatsiyasi g‘olibi aniqlanadi.
G‘oliblar shu kunning o‘zida soat 17:00 da e'lon qilinib, qimmat baho sovg‘alar va pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.