06 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,7 °C

Urbanizatsiya
11 May  2019 1700

Toshkent shahrida yangi sayilgoh barpo etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.07.2018 yilgi 616-F-sonli farmoyishiga asosan Bosh prokuratura tomonidan Toshkent shahar Olmazor tumanida “Damashi” kanalining uzunligi 1 100 metr bo‘lgan qirg‘oq bo‘yi mintaqasida keng miqyosda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, “Soy bo‘yi” sayilgohi barpo etildi, deb xabar bermoqda bosh prokuratura matbuot xizmati.

 

Bu maqsadlar uchun Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan zarur miqdorda mablag‘lar ajratildi.

Kanal qirg‘oq bo‘yi mintaqasi 7 ta lotga bo‘linib, ularda tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan ham turli xil restoranlar, dam olish maskanlari, Kovorking markazi, fitness klubi va boshqa bir qator ob'ektlar hamda jahonga mashhur Eyfel va Piza minoralari, Luvr piramidasi va boshqa shunga o‘xshash ob'ektlar maketlari barpo etildi.

Shuningdek, muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan tashabbus asosida parkka tutash hududda aholi uchun qulay kutubxona barpo etildi.

Joriy yil 9-may kuni ushbu sayilgohning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tib, Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan faxriylarimiz uchun bayram tadbiri o‘tkazildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech