18 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,8 °C

Energetika
7 Noyabr  2019 356

Toshkent viloyatining 8ta hududida elektr energiyasida cheklov joriy etiladi

Toshkent viloyatining 8 ta ma'muriy hududida aholiga elektr energiyasi yetkazib berishda cheklovlar o‘rnatilmoqda, deb xabar beradi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

 

Havo haroratining keskin pasayib ketishi natijasida, so‘nggi kunlarda energiya iste'moli hajmi oshdi. Shu bois energotizimda quvvat va yoqilg‘i tanqisligi yuzaga kelgan.

Vaziyatdan kelib chiqib “Milliy elektr tarmoqlari” AJ dispetcherlari tomonidan energotizim yaxlitligini saqlab qolish maqsadida, nomuayyan muddatga maxsus grafik asosida, cheklov joriy etilmoqda.

Mazkur reja-grafikka asosan, viloyatning Angren, Bekobod, Yangiyo‘l, Chirchiq shaharlari va Bekobod,  Parkent, Chirchiq, Qibray, Zangiota tuman va shaharlarining ayrim hududlarida elektr ta'minoti vaqtincha to‘xtatilishi mumkin.

Hurmatli fuqarolar, ushbu holat bo‘yicha uzr so‘ragan holda, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklarga tayyor turishingizni iltimos qilamiz.

Rejali o‘chirishlarning davomiyligi uzog‘i bilan ikki soat davom etadi, deyiladi xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech