18 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,8 °C

Xavfsizlik
4 Noyabr  2019 389

Toshkentda uch nafar yosh yigit bir ayolning plastik kartasidan pullarini o‘g‘irladi

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining xabar qilishicha, 17-oktabr kuni taxminan soat 16.30 da 18 yoshli Asadbek T., 17 yoshli Eldorbek S. va 17 yoshli Shoxruxbek K.lar internet savdo maydonlaridan birida o‘z mobil telefonini sotuvga qo‘ygan 50 yoshli Muattar A. bilan telefon orqali bog‘lanishgan.

Yigitlar ayolni telefonini xarid qilishlariga va pulni plastik kartasiga ko‘chirishlariga ishontirishgan. Buning uchun ular Muattar A.dan karta raqami va tasdiqlovchi kodni so‘rashgan. Ularga ishongan ayol barcha ma'lumotlar yetkazgan. Bundan foydalangan yoshlar Muattar A.ning kartasidan 427 125 so‘m ko‘chirib olib, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborishgan.

Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech