17 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,4 °C

Voqea-hodisalar
17 Oktyabr  2019 455

Toshkentdan Sankt-Peterburgga uchayotgan samolyot Qozon shahriga majburan qo‘ndi

Toshkentdan Sankt-Peterburgga parvozni amalga oshirayotgan «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning «Boeing -767» samolyoti yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli bugun Qozon shahri aeroportiga majburiy qo‘nishni amalga oshirdi, deya xabar beradi RAA «Novosti».

«UZB633 Toshkent - Sankt-Peterburg reysi Moskva vaqti bilan 10:20da Qozon aeroportiga majburan qo‘ndi. Majburiy qo‘nishning sababi – yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani», deydi aviakompaniya vakili.

Matbuot xizmati yo‘lovchining samolyotdan tez yordamda to‘ppa-to‘g‘ri mahalliy shifoxonalardan biriga jo‘natilganini ta'kidlagan. «Moskva vaqti bilan taxminan 11:10da samolyot manzili tomon, ya'ni Sankt-Peterburgga uchib ketdi», deya qo‘shimcha qiladi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech