13 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7 °C

Turizm
3 Dekabr  2019 459

Turizm sohasidagi xodimlarga qo‘yiladigan talablar standartlari ishlab chiqildi

Turizm sohasidagi xodimlarga doir talablarni belgilaydigan Oʻz DSt 3417:2019 “Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalarida xizmat ko‘rsatadigan xodimlarga doir umumiy talablar” va Oʻz DSt 3418:2019 “Turizm xizmatlari. Turoperator va turagentlar xodimlariga doir umumiy talablar” davlat standartlari ishlab chiqildi, deb xabar qiladi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.

Xodimlarga doir umumiy talablarni quyidagicha belgilanadi:

- bazaviy professional tayyorgarlik;

- egallab turgan lavozimiga muvofiq amaliy tajriba;

- mehnat qonunchiligi asoslarini bilish;

- tegishli faoliyatda standart va normativ

- huquqiy hujjatlarga rioya qilish;

- professional odob-axloqni bilish va unga rioya qilish;

- yuqori tezkorlik va ochiqlik;

- sayyohlar xavfsizligini ta'minlaydigan xizmatlar bilan doimiy hamkorlikka tayyor turish;

- birinchi tibbiy yordam ko‘rsata olish va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarga xizmat ko‘rsatish vaqtida maxsus bilim va ko‘nikmalaga ega bo‘lish;

- xorijiy tillarni yoki ko‘p ishlatiladigan muloqot tillarini bilish.

Har bir toifadagi xodimlar uchun muayyan funksional majburiyatlar huquq va malaka talablari ko‘rsatib o‘tilgan lavozim yo‘riqnomalarida aks ettiriladi. Xodimlar respublikamiz va chet el oliy o‘quv yurtlarida, shuningdek, faoliyat sohasiga qarab kollejlar va maxsus kurslarda bazaviy ta'limni olishadi. Turizm sohasida xizmat ko‘rsatadigan xodimlarga doir talablar birinchi navbatda mehmondo‘stlikka asoslanadi. Bu, ayniqsa, bizning mamlakatimizga taalluqlidir, zero O‘zbekiston o‘zining mehmondo‘stligi bilan mashhur.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech