20 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3 °C

Turizm
14 Yanvar  2020 483

Temuriylar muzeyida “aqlli” texnologiyalar: yanada to‘laroq ma’lumot

Muzeyga tashrif buyuruvchilar NazzAR innovatsion ilovasi yordamida real elementlar bilan boyitilgan zamonaviy interfaol uskunalar yordamida turli eksponatlar haqidagi ma’lumotlarni bilib olishlari mumkin.

Portal pv.uz/«Pravda Vostoka»/ 14-yanvar. Ishlashi juda oddiy — ilova smartfon yordamida yoqiladi va u eksponat haqida o‘zbek, rus, ingliz hamda fransuz tillarida audio va video axborotlar olish imkonini beradi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

Dastur shuningdek, turli effektlar bilan boyitilgan uch o‘lchamli gologrammalarni ham namoyish eta oladi. Buning uchun Android va iOS bazasidagi apparatlar egalari o‘z smartfon yoki planshetlariga NazzAR dasturini yuklashlari yetarli bo‘ladi.

Innovatsion loyiha Amir Temur va Temuriylar tarixini yanada to‘laroq ochib berishga xizmat qiladi. Muzeyda aqlli texnologiyalarning joriy qilinishi unga tashrif buyuruvchilar va mamlakatimizga keluvchi sayyohlar uchun yangi qulayliklar tug‘dirdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech