27 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -0,4 °C

Agrosеktor
15 Yanvar  2020 772

Berlindagi «Yashil hafta 2020» da O‘zbekiston

«Yashil hafta» - dunyodagi eng yirik qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi hisoblanadi.

Portal pv.uz/»Pravda Vostoka»/15-yanvar. 2020-yilning 16-19-yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev boshchiligidagi delegatsiya Germaniya poytaxtiga tashrif buyuradi.
Safar davomida O‘zbekiston delegatsiyasi «Yashil hafta-2020» xalqaro ko‘rgazmasi va Qishloq xo‘jaligi vazirlarining Berlin konferensiyasida ishtirok etadi.

1926-yildan boshlab har yili o‘tkazib kelinayotgan «Yashil hafta» («Internationale Grüne Woche») xalqaro ko‘rgazmasi - nufuzli ixtisoslashgan forumlardan biri bo‘lib, unda butun dunyodagi yetakchi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari va oziq-ovqat sanoati korxonalari ishtirok etadi.

O‘tgan yili ko‘rgazmada 70 dan ortiq mamlakatdan 1750 eksponentlari namoyish etildi va 400 000 dan ziyod kishi (jumladan, 90 000 mutaxassis) tashrif buyurdi. Ko‘rgazmaning umumiy maydoni 125 ming kvadrat metrni tashkil etdi.

Ko‘rgazmada O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi salohiyati bir qator yirik tashqi savdo kompaniyalari, shuningdek, respublikamizning turli hududlaridan bo‘lgan fermer xo‘jaliklari tomonidan mahsulotlar 400 kvadrat metrdan ortiq maydondagi yagona milliy stendda namoyish etiladi.

O‘zbekiston delegatsiyasining Berlinda bo‘lishi dasturida biznes hamkorlar qatorida Germaniyaning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi federal vaziri Yu.Klyokner, shuningdek, Polsha, Belarus, Livan, Moldova, Ukraina va boshqa davlatlar qishloq xo‘jaligi vazirlari bilan ham uchrashuvlar rejalashtirilgan, deya xabar beradi «Dunyo» AA.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech