13 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,2 °C

Madaniyat
21 Avgust  2019 2995

Toshkentda yangi san'at markazi ochiladi

30-avgust kuni Toshkentda yangi san'at markazi ochiladi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Uchtepa tumanida ish boshlaydigan “Sogdiana” san'at markazi poytaxtimizning madaniyat va san'at ahli hamda san'at ixlosmandlari uchun ijod qiladigan, fikr almashadigan, mahorat darslarini o‘tkazadigan hamda o‘z san'atini namoyish qiladigan maskan bo‘lishi aytilmoqda.

Mazkur markazda ijodkorlar uchun ustaxonalar, shourumlar, galereya va ijodiy studiya tashkil etilgan.

Markaz ochilishi bilan bu yerda “Sharq taqdimlari” nomli ko‘rgazma-savdosi ish boshlaydi. Shuningdek, “Maqom” filmi taqdimoti va mahorat darslari o‘tkaziladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech