27 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -0,9 °C

Salomatlik
14 Yanvar  2020 624

Toshkentda yomon sifatli o‘smalar davolanadi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-yanvardagi «Radioterapiya va pozitron-emissionli tomografiya markazini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Portal pv.uz/«Pravda Vostoka»/13-yanvar. Sog‘liqni saqlash vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi taklifiga ko‘ra, markaz xorijiy investitsiyalar ishtirokida «Tek grup saglik hizmetleri» MChJ shaklida tashkil etiladi.

Toshkent shahar hokimligi «Yergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birga 0,6 gektar yer uchastkasini doimiy foydalanishga ajratish masalasini hal etadi.

«Tek grup saglik hizmetleri» MChJ uchun quyidagi investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar nazarda tutilgan:

- Markaz qurilishi va jihozlanishi uchun 7,5 mln AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish;

- Markazni 1 yil ichida foydalanishga topshirish va 20 tadan kam bo‘lmagan ish o‘rni yaratish;

- 2020-yilda o‘z mablag‘lari hisobidan 5 nafar tibbiy xodimni radioterapiya va pozitron-emissionli tomografiya yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kurslarida malaka oshirish uchun xorijiy mamlakatlarga yuborish;

- Markaz tashkil etilgandan so‘ng 8 yil davomida har oy onkologik xastalikka chalingan uch bemorni radioterapiya usulida to‘liq davolash, shuningdek, uch bemorni bepul asosda pozitron-emissionli tomografiya tekshiruvidan o‘tkazish.

Ma’lumot:

radioterapiya – ionlashtiruvchi radiatsiya bilan davolash (rentgen, gamma-nurlanish, beta-nurlanish, neytron nurlanishli va tibbiy tezlatgichdan oddiy zarralar tarami bilan).

Pozitron-emissionli tomografiya - insonning ichki a’zolarini o‘rganish uchun radionuklid tomografik tadqiqot usulidir. Pozitron-emissionli tomografiya - yadroviy tibbiyotning faol rivojlanayotgan diagnostika va tadqiqot usuli hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech