18 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,4 °C

Xavfsizlik
10 Yanvar  2020 737

Toshkentda

7-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV-DXX xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent shahrida o‘tkazilgan tadbirlar natijasida O‘zbekiston Respublikasida faoliyati ta'qiqlangan “Jihodchilar” diniy-ekstremistik oqimining (DEO) bir guruh a'zolarining jinoiy faoliyatiga chek qo‘yildi, deb xabar qiladi IIV matbuot xizmati.

Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu shaxslar O‘zbekiston hududida Suriyada panoh topgan terroristik uyushma a'zolarining topshiriqlarini bajarib kelishgan va aholi orasida qonunga xilof ravishda targ‘ibot olib borib, “Jihodchilar” DEO g‘oyalarini tarqatganlar hamda shu yo‘l bilan saflarini kengaytirishga qaratilgan noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etganlar. Shuningdek, ular yurtimizdagi yoshlar orasida o‘zlarining aqidaparastlik g‘oyalarini singdirib, Suriya hududidagi xalqaro terrorchilik tashkilotlarining safiga qo‘shilib, jinoyat sodir etishga da'vat qilganlar.

Ushlangan shaxslarda ekstremistik mazmundagi materiallar mavjudligi aniqlangan va protsessual tartibda olib qo‘yilgan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va tergov-tezkor harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2016 yil 26 sentyabrdagi qarori bilan “Jihodchilar” diniy-ekstremistik oqimi tashkiloti faoliyati O‘zbekiston hududida ta'qiqlangan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Fuqarolarimiz, ayniqsa yoshlarimizni ogohlantirib, bu kabi qonun buzilishlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida buzg‘unchi g‘oyalar ta'siriga tushib, ijtimoiy tarmoqlarning shubhali saytlaridagi da'vatlarga aldanib qolmasliklarini, jamoat tartibiga tahdid soluvchi materiallardan foydalanmasliklari, saqlamasliklari va tarqatmasliklarini so‘raymiz, deyiladi xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech