07 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +4,9 °C

Harbiy
25 Oktyabr  2019 1240

O‘zbekistonda ilk bor havo hujumiga qarshi raketa uchiriladi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlari Markaziy Osiyo geosiyosiy muhitida barqaror o‘rin egallabgina qolmay, nafaqat hududiy, balki mintaqadagi tinchlikni ta'minlashga xizmat qiladigan yangi imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazib, o‘z jangovar qobiliyatini takomillashtirib bormoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Navoiy viloyatida joylashgan “Kulquduq” poligonida  olib borilmoqda. Bu yerda Qashqadaryo viloyatida joylashgan Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli harbiy qism shaxsiy tarkibining jangovar tayyorgarlik o‘quv rejasiga ko‘ra qo‘mondonlik mas'ul ofitserlari rahbarligida FD-2000 rusumli havo hujumiga qarshi raketani uchirish rejalashtirilgan.

Ta'kidlash joizki, osmonimiz musaffoligini ta'minlashga xizmat qiluvchi  FD-2000 rusumli raketa O‘zbekistonda ilk bor uchiriladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech