12 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8 °C

Xavfsizlik
4 Dekabr  2019 472

IIV “post”larning qayta tiklanayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda viloyatlarning chegara hududlarida qayta tiklanayotgan “post”lar haqida ma'lumotlar tarqatilib, nima sababdan bunday ishlar amalga oshirilayotganligi to‘g‘risida savollar ko‘payib bormoqda.

Ma'lum qilamizki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xavfsizligini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 377-sonli qaroriga muvofiq, respublika hududida mavjud bo‘lgan 133 ta yo‘l-patrul xizmati statsionar posti hamda patrul-post xizmati postlaridan 74 tasining faoliyati tugatildi. Bugungi kunda ulardan 59 tasi o‘z ishini davom ettirmoqda.

Shu bilan birga, yuzaga kelgan tezkor va kriminogen vaziyatni inobatga olib, o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati bilan kelishgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar hamda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan yo‘l-patrul va patrul-post xizmati postlarini vaqtincha tashkil etish va tugatish tartibi mavjud.

Shunga muvofiq, ayni paytda mamlakatimizda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan muhim siyosiy tadbir, shuningdek, bayram tantanalariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jarayonida xavfsizlikni samarali ta'minlash maqsadida ayrim hududlarda vaqtinchalik yo‘l-patrul va patrul-post xizmati postlari tashkil etilmoqda.

Fuqarolarimizdan mazkur ishlar xavfsizlik nuqtai nazaridan amalga oshirilayotganligini to‘g‘ri va oqilona qabul qilishlarini hamda ijtimoiy tarmoqlarda turli asoslanmagan noxolis fikrlarni tarqatmasliklarini so‘rab qolamiz, deyiladi vazirlik ma'lumotida. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech