13 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5 °C

Xalqaro munosabatlar
15 Yanvar  2019 1756

SHHT HATT direktori bilan uchrashuv

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov SHHTning Hududiy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi direktori Jumaxon G‘iyosov bilan uchrashdi.

Eslatib o‘tamiz, u ijroiya qo‘mitasi rahbarligiga 2019-yilning yanvar oyidan kirishgan.

Vazir O‘zbekistonning SHHT a’zo davlatlarning terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi kurashda birgalikdagi harakatini ta’minlash bo‘yicha asosiy organlaridan biri hisoblangan HATT faoliyati muhim ahamiyatga ega, deb hisoblashini ta’kidladi.

Uchrashuv chog‘i o‘tgan qisqa davr ichida birgalikda institutsional rivojlanish va faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirilgani ham tilga olindi.

Tomonlar 2019-yilda kutilayotgan chora-tadbirlar borasida ham fikr almashdilar, deya xabar tarqatdi TIV matbuot xizmati.

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech