23 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,9 °C

Ta'lim
7 Dekabr  2019 694

Yangi o‘quv yilidan sport sohasi uchun yangi ta'lim yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlanadi

Xabaringiz bor 5 dekabrda Prezidentimizning “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni e'lon qilindi.

Farmonga muvofiq, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab tegishli ta'lim muassasalarida futbol klublari, sport ta'lim muassasalari uchun sport shifokori, sport psixologi, sport farmakologi, sport huquqshunosi va sport dietologi yo‘nalishlari bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash tashkil qilinadi.

Ma'lumot uchun, bugungi kunda yurtimizdagi 20 ta OTMda 15 ta ta'lim yo‘nalishi hamda 17 ta OTMda 5 ta sport mutaxassisligida kadrlar tayyorlanmoqda.

Birgina  joriy o‘quv yilida davlat buyurtmasi asosida sport yo‘nalishida bakalavriatning kunduzgi shakliga 3660 nafar, sirtqi ta'limga 1535 nafar hamda magistratura mutaxassisligiga 128 nafar – jami 5323 nafar talaba qabul qilindi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech