22 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,5 °C

Xalqaro munosabatlar
11 Oktyabr  2019 590
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Armaniston Bosh vazirini qabul qildi

MDHning Ashxobod sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyanni qabul qildi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligi qayd etildi.

Hukumatlararo va idoralararo darajada o‘zaro almashinuvlarni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Xalqaro siyosat va ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasidagi hamkorlikka doir dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech