USD = 8085.11 SUM   EUR = 9487.07 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Joriy yil mamlakatimizda 8 million 377 ming tonna g‘alla, 2 million 930 tonnadan ziyod paxta, 12 ming 450 tonna pilla, 318 ming tonna sholi, 23 million tonna meva-sabzavot, 13 million tonna go‘sht va sut mahsulotlari yetishtirildi.

Siyosat

16 dekabr 2017 O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo'lib o'tdi

2017 yil 15 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo'lib o'tdi.

15 dekabr 2017 IHT tashqi ishlar vazirlari kengashining favqulodda sessiyasi yakunlandi

Joriy yilning 13-dekabr kuni Islom hamkorlik tashkiloti tashqi ishlar vazirlari kengashining favqulodda sessiyasi bo'lib o'tdi.

Iqtisodiyot

16 dekabr 2017 2018-2019 yillarda Qoraqalpog'istonda 4,5 trillion so'mlik 1 ming 300 loyiha hayotga tatbiq etiladi

Mamlakatimizning tegishli vazirlik, kompaniya va banklari rahbarlarini muntazam ravishda hududlarga yuborib, joylardagi qo'shimcha rezervlarni izlab topish, aniq investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo'yicha tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

16 dekabr 2017 Mamlakatimizda temir rudasi qazib olinadi

Fursatdan foydalanib, sizlarga muhim bir xushxabarni etkazmoqchiman, dedi Shavkat Mirziyoev Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi deputatlari va faollari bilan bo'lib o'tayotgan uchrashuvda.

Jamiyat

15 dekabr 2017 O'zbek milliy maqom san`ati markaziga rahbar tayinlandi

O'zbekiston Prezidentining joriy yil noyabr oyidagi qarori bilan tashkil etilgan O'zbek milliy maqom san`ati markaziga rahbar tayinlandi.

15 dekabr 2017 Fojiadan so'ng...

Shafqatsiz o'smirlik – yangi mavzu bo'lmasada, nosog'lom ko'rinishga ega. Navbatdagi har bir mudhish hodisa jamiyatda katta shov-shuvga sabab bo'ladi.

Nuqtai nazar

Kim Dong Yon, Koreya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, strategiya va moliya masalalari vaziri: Siyosat

– O‘zbekiston Prezidentining nihoyatda ochiq va samimiy nutqi, Koreya sarmoyadorlari bilan o‘tkazgan muloqoti meni hayratda qoldirdi. Prezident nutqining ijobiy quvvati forumning har bir ishtirokchisi, shu qatorda menga ham ko‘chdi.

Shavkat Mirziyoyev biznesda har bir jihatni unutmagan holda ikki tomonga manfaat olib keluvchi tashabbuslarni ilgari surmoqda.

O‘zbekiston rahbari koreya biznes doiralari vakillariga mamlakat investitsion muhitida ochiqlik va shaffoflikni so‘zsiz ta’minlanishini alohida ta’kidladi.

O‘tgan bir yil davomida O‘zbekistondagi iqtisodiy, moliyaviy sohadagi katta o‘zgarishlarni kuzatmoqdamiz. O‘ylaymanki, bugun oliy darajada bo‘lib o‘tgan biznes-forum yuzlab investorlarga yangi biznes g‘oyalarni beradi. Ular o‘zlari uchun yangi O‘zbekiston bozorini kashf qilishiga inshonaman. Koreya O‘zbekistonning barqaror iqtisodiy rivojlanish yo‘lidagi dadil harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Hindistonning «DNA» axborot agentligi: Siyosat

Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash muammosi Hindiston uchun ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shavkat Mirziyoyev ekstremizm hamda diniy matnlarning noto‘g‘ri talqin qilinishiga qarshi samarali intellektual vositalar yordamida kurashishni ta’minlash maqsadida Samarqandda tashkil etilayotgan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Toshkentda tashkil etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqida ma’lumot berdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Hindiston uchun ham alohida ahamiyatga ega, chunki Hindistonning diniy o‘quv muassasalaridagi aksariyat diniy matnlar va o‘quv rejalari Imom Buxoriyning ilmiy ishlariga asoslangan.

O‘zbekiston Prezidenti nutqida: “birinchi galda yoshlarni ilm-ma’rifatga o‘rgatish, ularga islom dinining insonparvarlik mohiyati, islom madaniyatining asl qadriyatlarini yetkazish ekstremizmga qarshi kurashishning eng samarali vositasi hisoblanadi. Bu borada biz Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etishga qaror qildik”, deya ta’kidladi.

SHHT kotibiyati rasmiy sayti: Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Mintaqamiz xalqlarini ming yillik qardoshlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari bog‘lab turadi. Amaliy hamkorlikka tayyorlik va unga astoydil intilish, shuningdek, barcha Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy kelajak uchun mas’uliyatni his etishi mintaqaning barqaror rivojlanishi va farovonligining mustahkam poydevori va kafolatidir”, deya qayd etdi.

O‘zbekiston Prezidenti “xavfsizlikka tahdidlarni “o‘ziniki va o‘zgalarniki” deb ajratishdan voz kechish”ga ishonch bildirgan holda, ushbu sohada SHHT doirasida va BMTning muvofiqlashtirishda tutgan o‘rniga tayangan holda “mintaqaviy tuzilmalar mexanizmlari doirasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash”ga chorladi.

Amerikaning “Diplomat” nashri: Siyosat

— 10 noyabr kuni dunyoning turli mamlakatlari delegatsiyalari xavfsizlik va hamkorlik masalalari bo‘yicha mintaqaviy konferensiyada ishtirok etish uchun Buyuk ipak yo‘lining yuragi – azim Samarqandda to‘plandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” nomli konferensiya mavzusini bayon etib, o‘zining Markaziy Osiyodagi aholisi eng zich joylashgan davlat rahbari sifatidagi faoliyatining birinchi yilining ustuvor yo‘nalishlari – yaqin qo‘shnichilik va iqtisodiy taraqqiyot haqida so‘zlab berdi.

Mazkur anjumanning o‘tkazilishi O‘zbekiston rahbariyatining ochiq tashqi siyosat yuritish borasidagi qat’iyatini yaqqol namoyon etdi. Markaziy Osiyo mamlakatlarining tashqi ishlar vazirlari hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha takliflar hamda o‘zaro manfaatli, barqaror taraqqiyot yo‘lidagi intilishlarni qo‘llab-quvvatladi.

Qayrat Abdrahmonov, Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri: Siyosat

– Qozoq xalqida shunday naql bor – yaxshi qo‘shni og‘aynidan afzal. Qozog‘iston Respublikasi Markaziy Osiyo davlatlari bilan ana shunday tamoyil asosida hamkorlik aloqalarni yo‘lga qo‘ygan va bundan manfaatdor. Biz kelgusida ham qo‘shni mamlakatlar bilan ikki tomonlama va xalqaro tashkilotlar doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni izchil rivojlantirish tarafdorimiz. Keyingi paytda bu borada O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlarining muhim kelishuvlarga erishganlarini alohida ta’kidlashni istardim. 

Ayniqsa, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida ilgari surgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining muntazam maslahatlashuvlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tashabbusini Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev qo‘llab-quvvatlab, birinchi uchrashuvni mamlakatimizda qabul qilishga tayyorligini bildirdi. 

Bugungi xalqaro forumda ham O‘zbekiston Prezidenti mintaqa davlatlari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratdi. Biz – Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari bu tashabbuslarni hayotga tatbiq etishda faol bo‘lishimiz zarur.

Federika Mogerini, Yevropa ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti: Siyosat

– Sharq va G‘arbni bir-biri bilan bog‘lashda Markaziy Osiyo mintaqasi muhim ahamiyatga ega. Mazkur mintaqadagi davlatlar bugungi kunda Yevropa ittifoqi mamlakatlari bilan barcha sohalarda hamkorlik qilib kelmoqda. Shu bilan birga, bugungi shiddatkor zamon ushbu aloqalarni yanada rivojlantirishni taqozo etmoqda. Bu, avvalo, Yevropa ittifoqi bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, mintaqa davlatlari iqtisodiyotini rivojlantirish, ta’lim, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlashda namoyon bo‘ladi. Shuningdek, global masalalar – iqlim o‘zgarishi, yoshlar radikalizmi, terrorizmga qarshi kurash, xavfsizlikni ta’minlash borasida Yevropa ittifoqi Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik qilishga, ularni qo‘llab-quvvatlashga doimo tayyor. 

Buyuk ipak yo‘lining chorrahasi, Sharq madaniyati markazi deb e’tirof etiladigan go‘zal shahar – Samarqandda tashkil etilgan mazkur xalqaro konferensiya ham ushbu maqsadlarga xizmat qilishi, eng muhimi, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashi bilan tarixiy ahamiyat kasb etadi.

Georgiy Poltavchenko: O‘zaro hamkorligimiz imkoniyatlari keng Siyosat

Sankt-Peterburg shahri gubernatori Georgiy Poltavchenko mamlakatimizga tashrifi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvlar haqida O‘zA muxbiriga o‘z fikrlarini bildirdi.

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv juda samarali bo‘ldi. Unda O‘zbekiston bilan Sankt-Peterburg o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikka doir keng ko‘lamli masalalar muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy aloqalarda imkoniyatlar keng. Masalan, O‘zbekistonga Sankt-Peterburgdagi Kirov zavodida ishlab chiqariladigan qishloq xo‘jaligi texnikalarini yetkazib berishimiz mumkin. Sankt-Peterburgda ekologik toza, sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga talab yuqori. O‘zbekiston shunday mahsulotlarga boy. Delegatsiyamiz tarkibida oziq-ovqat sanoati va savdosiga ixtisoslashgan ko‘plab tashkilotlar vakillari kelgan. Bu borada yo‘lga qo‘yilgan tizim asosida mamlakatingizdan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari olishni ko‘paytirishdan manfaatdormiz.

O‘zbekistonda farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Shahrimizda bu sohada yaxshi salohiyat mavjud. Bu boradagi hamkorlikni kengaytirish, dori vositalari va tibbiy texnikalar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonalar tashkil etish zarur.  

Uy-joy, kommunal xo‘jaligi, jamoat transporti, aholiga xizmat ko‘rsatishni avtomatlashtirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston qadimiy madaniyat o‘lkasi, buyuk allomalar vatani. Sankt-Peterburg Rossiyaning madaniy poytaxti hisoblanadi. Uchrashuvda ko‘p yillik madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Bu kelishuvlarni tez orada huquqiy hujjatlar bilan mustahkamlaymiz. O‘zbekiston bilan keng ko‘lamli hamkorlikni izchil davom ettiramiz.

Liza Kyortis, AQSh Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari, Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta direktori: Siyosat

– Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvimiz samarali bo‘ldi. AQSh va O‘zbekiston munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashdik.

AQSh O‘zbekistondagi islohotlarni, xususan, iqtisodiyot, inson huquqlari, diniy erkinlik borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholaydi. AQSh va O‘zbekiston hamkorligini rivojlantirish uchun juda katta imkoniyat mavjud. Mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo va investitsiya aloqalarini kengaytirishdan manfaatdormiz.

Biz O‘zbekistonning mintaqadagi davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash borasida olib borayotgan sa’y-harakatlarini, mintaqaviy integratsiya va hamkorlikni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikka erishish xalqaro hamjamiyat uchun ustuvor masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu mamlakatdagi muammolarga siyosiy yechim topish, Afg‘onistonning Markaziy Osiyo bilan iqtisodiy hamkorligini rivojlantirishda O‘zbekistonning roli katta, deb bilamiz. Biz Afg‘oniston masalasida O‘zbekiston bilan birgalikda ishlashdan manfaatdormiz. Chunki Afg‘oniston barqarorligi Markaziy Osiyo va AQSh uchun foydali, global terrorizmga qarshi kurashishning muhim qismidir.

Miroslav Yencha: BMT O‘zbekiston bilan hamkorlikni izchil davom ettirish va yanada kengaytirish tarafdori Siyosat

– O‘zbekiston bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamkorligida misli ko‘rilmagan o‘sish kuzatilmoqda. Joriy yilning o‘zida oliy va yuqori darajadagi qator tashriflar amalga oshirildi. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning O‘zbekistonga tashrifi va Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasidagi ishtiroki ularning orasida eng muhimlari bo‘ldi.

BMT O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu islohotlar samarasi BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga mos keladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mintaqaviy hamkorlik har tomonlama rivojlanmoqda. Bu butun mintaqa mamlakatlari farovonligini oshirish, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Samarqandda bo‘lib o‘tadigan "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik" mavzusidagi xalqaro konferensiya ham shu borada muhim ahamiyat kasb etadi. Unda ko‘plab davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlardan vakillar ishtirok etayotgani diqqatga sazovor. Bu mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash, turli masalalarni hal etish va istiqboldagi maqsadlarni belgilash bo‘yicha fikr almashish uchun qulay maydon bo‘ladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti O‘zbekiston bilan hamkorlikni izchil davom ettirish va yanada kengaytirish tarafdoridir, deydi BMT Bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha yordamchisi Miroslav Yencha.

YXHT va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" ishlab chiqiladi Siyosat

Samarqand shahrida 10-11-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik" mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilaridan biri, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Tomas Greminger o‘z fikrlarini bildirdi.

– Samarqandda bo‘lib o‘tadigan nufuzli va muhim konferensiyaga taklif etgani uchun O‘zbekiston Respublikasi rahbariyatiga minnatdorlik bildiraman. Bu konferensiya zamonamizning dolzarb masalalari muhokamasiga qaratilgani bilan muhim ahamiyatga ega, deb o‘ylayman.

O‘zbekiston barqaror rivojlanish, mintaqada ishonch va hamkorlikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan pragmatik siyosat olib bormoqda. Bu yondashuv mintaqa davlatlarining o‘zaro aloqalari rivojiga keng yo‘l ochmoqda.

Markaziy Osiyoning tinchligi va taraqqiyoti bizning tashkilotimiz uchun ham muhim. Bu o‘zaro hamkorlik salohiyatidan foydalanish imkoniyatlarini oshiradi.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mamlakat hayotining barcha sohalarini qamrab olgan. Biz uni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda terrorizm, ekstremizm, transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashish, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildik. YXHT va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Sport

15 dekabr 2017 Ravshan Ermatov to'rtinchi bor klublar o'rtasidagi Jahon Chempionatining finalida ishlaydigan bo'ldi

O'zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov Amirliklarda davom etayotgan klublar o'rtasidagi Jahon Chempionatining finalida ishlaydi.

15 dekabr 2017 Paralimpiyachilarimizning navbatdagi g'alabasi

Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Para-Osiyo o'yinlarida O'zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi 20 ta oltin, 6 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo'lga kiritdi.

Madaniyat

16 dekabr 2017 Anons

Yozning sokin tunlarida samo bag'ri yulduzlarga to'la bo'ladi. Olislardan nur taratib turadigan bu yulduzlardan qanchasining nomlari aniq, ularning koinotda qachon paydo bo'lishi va qay mahalda botishi haqida etarli ma`lumotlar mavjud.

14 dekabr 2017 Al-Quvayt shahrida O'zbekiston madaniyati kunlari o'tkaziladi

Joriy yilning 15-22 dekabrь kunlari Al-Quvayt shahrida O'zbekiston madaniyati kunlari o'tkaziladi.

Ta'lim

12 dekabr 2017 Kollej talabasini o'qishga tiklash jarayoni qanday amalga oshiriladi?

Ushbu jarayon Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 367-son qarori bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi o'rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari o'quvchilari o'qishini ko'chirish, qayta tiklash va o'qishdan chetlashtirish tartibi to'g'risida nizomga asosan amalga oshiriladi.

12 dekabr 2017 O'qituvchilar uchun qay tartibda qo'shimcha haq to'lanadi?

Bu savolga Adliya vazirligining telegram messenjeridagi «Huquqiy axborot» kanali orqali javob berilgan.