USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Biz haqimizda

“Pravda Vostoka Online” O‘zbekistonning otaxon nashri bo‘lmish “Pravda Vostoka” gazetasi sayti bazasida tashkil etilgan ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy onlayn OAVdir. Dunyoning yirik matbuot nashrlari sinovidan o‘tgan va bugun ilk marotaba O‘zbekistonda amalga tatbiq etilayotgan bu tajriba “Pravda Vostoka” muxbirlari faoliyati doirasini kengaytirish va jadallashtirish imkonini beradi. Veb-nashr O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida mustaqil OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo’lib, o‘zbek va rus tillarida faoliyat yuritadi. Unda “Pravda Vostoka” sahifalarida berilayotgan materiallari bilan tanish bo‘lgan tajribali muxbirlar hamda puxta bilimga ega boshqa soha vakillarining yangi axborot, dolzarb va qiziqarli longridlari berib boriladi. Ularning barchasi rang-barang fotosuratlar bilan boyitiladi. Buning uchun maxsus yangilangan sayt keng va sifatli texnik imkoniyatga ega.