USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Benzin narxi ko'tarildi. Nega? Ekspert izohi

Nashr qilingan sana: 18 01 2018

Ekspert Akmal Abduraimovning fikricha, mamlakatimiz ichki bozordagi narxlar jahon narxlaridan bir necha marta arzon. 


– Jahon Bankining ma`lumotlariga ko'ra, masalan, Avstriyadagi narxlar darajasi Vengriyadagi narxlardan 1,9 barobar, Vengriya bilan Rossiya 1,3 barobar, Rossiya bilan O'zbekiston narxlari esa 1,2 barobar farq qiladi. Yoki O'zbekiston va Avstriyadagi narxlarni solishtirsak 2,7 marotaba farq qiladi, – deydi ekspert. – Shu bilan birga, O'zbekistonda uzoq yillar davomida amalga oshirilgan narxlar siyosati narxlar darajasini va nisbatlarini bugungi kun uchun nomutanosib holga keltirib qo'yganini ham e`tirof etishimiz darkor. Shuning uchun ham narxlarni aholining to'lovga qobiliyatiga va korxonalar raqobatbardoshligiga ta`sirini hisobga olib bu borada ham mamlakatimizda keng qamrovli islohotlar amalga oshirilayotganligini qayd etishimiz zarur.

Barchani qiziqtirgan benzin narxiga to'xtaladigan bo'lsak, hozir benzin bahosi narxlar oshganidan so'ng – 0,52 AQSh dollari ekvivalentida tashkil etayapti. Hozirgi narxlar mahalliy neftni qayta ishlash zavodlari faoliyatining eng kam darajadagi iqtisodiy foydaliligini ta`minlash uchungina etarli. Benzin narxlari ko'p yillar mobaynida juda past darajada saqlanib kelgan, ya`ni qo'shnilarimiz bozorlarida shakllantirilgan narxiga to'g'ri kelmasligi, uni chetga olib ketilishiga sabab bo'lgan. Neftni qayta ishlash korxonalarining zararlari esa davlat byudjeti hisobidan qoplab kelingan. Buning o'ziga yarasha iqtisodiy va ijtimoiy sabablari bo'lgan.

Hozirgi kunda faqatgina Turkmanistonda benzin narxi respublikamizdagidan pastroq bo'lib, bir litri 0,28 AQSh dollariga teng. Qozog'istonda - 0,54 doll., Qirg'izistonda - 0,62 doll., Rossiyada - 0,69 doll., Tojikistonda - 0,75 doll. Rivojlangan mamlakatlarda benzin narxi bizdagidan ko'ra kamida 3 barobar baland. Masalan, Germaniyada - 1,61, Buyuk Britaniyada - 1,62, Italiyada - 1,83 AQSh dollariga teng. (O'zA).

Ko'rishlar soni

155