USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Global tadbirkorlik haftaligi davom etmoqda

Nashr qilingan sana: 14 11 2017

Toshkent, Farg‘ona va Samarqand shaharlarida Global tadbirkorlik haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.

Global tadbirkorlik haftaligi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Savdo-sanoat palatasi, Xalqaro biznes va texnologiyalar uyushmasi, tegishli tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda tashkil etildi, deyiladi O‘zA xabarida.

Haftalik doirasida mahalliy va chet ellik ekspertlar, tajribali ishbilarmonlar tomonidan mahorat darslari tashkil etiladi. Mavzuga doir taqdimot va seminarlarda zamonaviy tadbirkorlik amaliyoti yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqiladi. Shuningdek, haftalik biznesni rivojlantirish uchun takliflar ishlab chiqishda o‘ziga xos platforma vazifasini o‘taydi.

O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan mazkur tadbirkorlik haftaligining ishchi dasturi tadbirkorlik uchun infratuzilma, istiqbolli harakatlarning rivojlanishi, biznes samaradorligi va taraqqiyoti, innovatsiyalardan foydalanish, xotin-qizlar tadbirkorligi va investitsiyalarni jalb etish kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi. Haftalik doirasida Rossiya, Gruziya, Singapur, Isroil, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi mamlakatlardan kelgan ishbilarmon doira vakillari o‘z biznes tajribasi haqida so‘zlab beradi.

Global haftalik doirasida mahalliy va chet ellik ishbilarmon doira vakillarining Samarqand va Farg‘ona shaharlariga tashrifi rejalashtirilgan. Mutaxassislar ushbu yirik tadbir zamonaviy va xalqaro amaliyotlar uyg‘unligida mamlakatimizda biznesni rivojlantirish borasida yangi takliflarni ishlab chiqish, ishbilarmonlikni taraqqiy ettirishga xizmat qiladigan chora-tadbirlarni rejalashtirishga katta imkoniyat yaratadi, deya baholamoqda.

Ko'rishlar soni

98