USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Navoiylik yosh fermer 60 tonna moshni Hindistonga eksport qildi

Nashr qilingan sana: 18 01 2018

Navoiy viloyatida O'zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan “Tadbirkorlar kuni” loyihasi tashkil etildi. 


– O'n xildan ortiq qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etishtiramiz. 2017 yilda 60 tonna moshni Hindistonga eksport qildik, – deydi Nurota tumanidagi “Azim ota” fermer xo'jaligi rahbari, 21 yoshli Azimbek Azimov. – 2018 yil esa yong'oq va no'xot mahsulotlarini eksport qilish bo'yicha shartnoma imzoladik. Maqsadim – kredit olib, mahsulotlar turi va ishlab chiqarish ko'lamini kengaytirish, eksport hajmini oshirish. Agar rejamiz amalga oshsa, yana 20 doimiy ish o'rni tashkil etish, 10 mavsumiy ishchini yollashga erishamiz. 

“Tadbirkorlar kuni” loyihasida yosh tadbirkor va fermerlarning takliflari o'rganilib, tegishli tavsiyalar berildi, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlar va qishloq xo'jaligi mahsulotlari ko'rgazmasi tashkil etildi, deb yozadi Davron Sunnatov, O'zA.

Ko'rishlar soni

85