USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

NKMK ishlab chiqarish hajmi 30 foizga oshiriladi

Nashr qilingan sana: 14 11 2017

Shavkat Mirziyoyev raisligida 13-noyabr kuni geologiya-qidiruv ishlari samaradorligini oshirish, mineral-xomashyo va qimmatbaho metallar resurs bazasi hamda ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish bo‘yicha muhim strategik loyihalarni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. 

Unda sohadagi yirik muassasalar – Navoiy kon-metallurgiya kombinati va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar ijrosiga ham e’tibor qaratildi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan dasturga muvofiq 2017-2026-yillarda Navoiy kon-metallurgiya kombinatida 27 loyihani amalga oshirish belgilangan. Qiymati 3,63 milliard dollar bo‘lgan mazkur loyihalar natijasida 2026-yilga borib ishlab chiqarish hajmi 30 foizga oshadi. Qo‘shimcha 31 mingga yaqin ish o‘rni yaratiladi.

Ko'rishlar soni

79