USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

“O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi tashkil etildi

Nashr qilingan sana: 18 10 2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikamizda asalarichilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.                                                                                    

  Asalarichilik tarmog‘idagi mavjud muammolarni hal qilish maqsadida qabul qilingan ushbu qarorga muvofiq “O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi tashkil etildi. Uyushmaning asosiy vazifalari asal mahsulotlari ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini tizimli tashkil etish, asalari paketlari yetishtirish va ozuqa bazasini mustahkamlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek, asal yetishtirish jarayoniga ilmiy asoslangan usullar va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish belgilab qo‘yildi. Shuningdek, uyushma faoliyat yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilandi:

— asalarichilik tarmog‘ini rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani ishlab chiqishda ishtirok etish; 

— asalarichilik tarmog‘ini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishni muvofiqlashtirish, yagona ilmiy-texnika, texnologik, investitsiya va eksport siyosatini amalga oshirishni muvofiqlashtirish;

— mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda asalarichilik xo‘jaliklarini o‘rmon fondi yerlariga, tog‘ va tog‘oldi hududlariga, tabiiy pichanzor va yaylovlar hamda qishloq xo‘jaligi yerlariga joylashtirishni amalga oshirish;

— asalari kasalliklarining oldini olish, davolash va tashxis qo‘yish bo‘yicha zamonaviy va ilg‘or usullarni joriy etish ishlariga ko‘maklashish; 
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, shu jumladan, xorijiy muassasalarda asalarichilik tarmog‘iga kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirishda ishtirok etish. 

Uyushma tizimiga joylarda asalarichilik tarmog‘i tashkilotlari ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha 13 ta doimiy vakil kiritildi va uning “Apimondiya” xalqaro asalarichilik uyushmalari federatsiyasiga a’zo bo‘lishi rejalashtirilgan. 

Ko'rishlar soni

283