USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

O‘zbekistonda geologik jihatdan o‘rganilayotgan foydali qazilmalar soni oshdi

Nashr qilingan sana: 14 11 2017

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining vazifa va vakolatlari kengaydi, yangi konlar topish va zaxiralarni ko‘paytirishga qaratilgan salohiyati oshdi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda aytib aytib o‘tildi. Geologiya-qidiruv ishlari samaradorligini oshirish, mineral-xomashyo va qimmatbaho metallar resurs bazasi hamda ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish bo‘yicha muhim strategik loyihalarni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan ushbu yig‘ilishda ta’kidlanganidek, geologik o‘rganilayotgan foydali qazilma turlarining soni 12 dan 35 ga yetdi.

Geologiya-qidiruv ishlari samaradorligini oshirish maqsadida soha izchil modernizatsiya qilinib, laboratoriya-tahlil uskunalari yangilanayotgani aytildi. Masalan, ilgari ruda tarkibidagi 32 element aniqlangan bo‘lsa, yangi zamonaviy texnologiyalar samarasida bugungi kunda 74 foydali modda aniqlanmoqda.

 

Ko'rishlar soni

92