USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Tadbirkorlik vizalari berish o‘tgan yilga nisbatan 27 foizga oshdi

Nashr qilingan sana: 15 11 2017

Tashqi ishlar vazirligi joriy yilning 9 oyi davomida o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq olib borgan ishlari bo‘yicha hisobot berdi.

2017-yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida TIV Konsullik boshqarmasi va O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari tomonidan chet el fuqarolariga O‘zbekistonga kirish vizasini berish, biometrik pasportni almashtirish/berish, vatanga qaytish to‘g‘risidagi guvohnoma berish, fuqarolik holatini qayd etish, notarial xizmat ko‘rsatish va boshqa masalalar bilan bog‘liq jami 308,879 ta konsullik amallari bajarildi.

Yanvar-sentabr oylari davomida 224.022 nafar chet el fuqarolariga, shu jumladan, 96.752 nafar sayyohlarga va 32.898 nafar tadbirkorlarga ham O‘zbekistonga kirish vizalari berildi. 2016-yilning shu davriga nisbatan berilgan vizalar umumiy soni 21%ga, shu jumladan, berilgan sayyohlik vizalari 24%, tadbirkorlik vizalari 27%ga oshdi.

Ko'rishlar soni

179