USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Yirik banknotlar muomalaga chiqariladi

Nashr qilingan sana: 17 01 2018

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki naqd pul muomalasini takomillashtirish vazifalari doirasida muomaladagi banknotlar tuzilmasini optimallashtirish ishlari davom ettirilishini ma`lum qildi. Bu haqda Markaziy bank Axborot xizmati xabar beradi.


Ma`lum qilinishicha, milliy valyutadan foydalanishda qulaylikni oshirish maqsadida joriy yilda yirikroq nominaldagi banknotlarni muomalaga chiqarish masalasi ko'rib chiqilmoqda. Bundan avval, Markaziy bank raisi birinchi o'rinbosari T.Ishmetov XPK sessiyasida "20 ming yoki 100 ming so'mlik banknotlarni muomalaga chiqarish masalasini to'la inkor etmasligini, ammo ayni paytda Markaziy bank bunday taklifni ko'rib chiqmayotganini" bildirgandi. 

Shuningdek, rasmiy xabarga ko'ra, mayda kupyuralarni 50,100, 500 so'mlik yangi namunadagi tangalarga almashtirish hamda 200 so'mlik tangalarni chiqarish masalasi ko'rib chiqiladi. 

Ko'rishlar soni

153