USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

“O‘zbekenergo” va “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatidagi kamchiliklar sabablari oshkor qilindi

Nashr qilingan sana: 14 11 2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga berilgan sharhda bu haqda aytib o‘tildi.

Unda qayd etilishicha, hozirgi kunda nazorat va hisobga olishning samarali tizimi mavjud emasligi sababli elektr va gaz ta’minoti korxonalari faoliyatida doimiy oshib boruvchi qarzdorlik yuzaga kelishiga, energiya resurslari yetkazib berishda muntazam uzilishlarga va tarmoq korxonalarining og‘ir moliyaviy ahvoliga olib kelgan ko‘plab jiddiy kamchiliklar to‘planib qolgan.

Elektr va gaz ta’minoti korxonalari nazoratchilarining harakatsizligi hamda ular o‘rtasida suiiste’molchilik holatlarining keng tarqalganligi yuzaga kelgan vaziyatning asosiy sabablari hisoblanadi. Qarzdorlikning yirik miqdori va uni undirish uchun zarur xodimlarning mavjudligiga qaramasdan, “O‘zbekenergo” AJ va “O‘ztransgaz” AJ korxonalari tomonidan yetarli darajadagi undiruv ta’minlanmagan.

 

Ko'rishlar soni

79