USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Sherobod tumani hokimi murojaatlar bilan qoniqarsiz ishlagani uchun ishdan olindi

Nashr qilingan sana: 14 11 2017

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi.

Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov o‘zining feysbukdagi rasmiy sahifasi orqali xabar bermoqda.

Unda Sherobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush farovonligini yuksaltirish borasida salmoqli ishlar olib borilayotgani aytilgan. Ammo, yutuqlar bilan birga ayrim kamchiliklar ham uchrab turgani alohda qayd etilgan. Jumladan, joriy yilning 9 oyi davomida fuqarolardan kelib  tushgan murojaatlarning 80 foiziga faqatgina tushuntirish berilgan, mutasaddi idoralarda murojaatlar bilan ishlash, masalani hal etishning ahvoli qoniqarsiz.

Aholining kommunal to‘lovlardan qarzdorligi yuqori darajada saqlanib, ichki yo‘llarni ta’mirlash, tumanning eksport salohiyati past ahvolda ekaniligi qayd etildi. Shuningdek, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida olib borilmayotgani tuman iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlandi. Bu kabi kamchiliklar sabab tuman hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Abdulhakim Eshmuratov lavozimidan ozod etildi.

Uning o‘rniga faollar, deputatlar, siyosiy partiyalar vakillarining taklif va mulohazalari inobatga olinib, shu kunga qadar Surxondaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan O‘rol Boboqulov tuman hokimi etib tasdiqlandi.

Ko'rishlar soni

188