USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Yangi o‘rnatiladigan hisoblagichlarning ko‘rigi har 10 yilda amalga oshiriladi

Nashr qilingan sana: 14 11 2017

Joriy yilning 13-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  qarori e’lon qilindi.  

Unga ko‘ra, dastlabki bosqichda 2 million dona elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish uskunalari, shuningdek, dasturiy ta’minot, qo‘shimcha asbob-uskuna, boshqa zarur texnika vositalari “Sagemcom”, “Elster GmbH” kompaniyalari va “Toshelectroapparat” MChJ xususiy korxonasidan istisno tariqasida tender savdolarini o‘tkazmasdan xarid qilinadi. Ularni respublikada ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgunga qadar ushbu bandda ko‘rsatilgan ishlab chiqaruvchilardan qo‘shimcha xarid qilishi mumkin. Shuningdek, yaqin kelajakda respublikada xorijiy kompaniya ishtirokida yuqorida ko‘rsatilgan hisobga olish uskunalari va qo‘shimcha vositalarni mahalliy ishlab chiqarish tashkil etiladi.

Loyiha doirasida hisobga olish uskunalarini o‘rnatishda keyinchalik ularni davlat ko‘rigidan o‘tkazgan holda sertifikatsiya ishlarini olib borish belgilangan tartibda “O‘zstandart” agentligi tomonidan amalga oshiriladi. Hisobga olish uskunalarini o‘rnatishda plombalash “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining vakolatli xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

O‘rnatiladigan hisobga olish uskunalarining davlat ko‘rigi “O‘zstandart” agentligi tomonidan har 10 yilda amalga oshiriladi.
Loyihaning to‘liq va o‘z muddatida amalga oshirilishi, shu jumladan, tasdiqlanadigan loyiha parametrlariga erishish yuzasidan shaxsiy javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Sultonov, “O‘zbekenergo” AJ va “O‘ztransgaz” AJ rahbarlari zimmasiga yuklanadi.

Ko'rishlar soni

83