USD = 8146,38 SUM   EUR = 9965,47 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Madaniyat

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san`at arbobi, «El-yurt hurmati» ordeni sohibi, Davlat mukofoti, «Tinchlik va ma`naviy hamjihatlik uchun» xalqaro mukofoti (Qozog'iston) sovrindori — yozuvchi, tarjimon va muharrir Nosir Fozilov 13-yanvar kuni 89 yoshida olamdan ko'z yumdi. 

O'zbekiston milliy matbuot markazida  o'tgan navbatdagi matbuot anjumanida  «O'zbekkonsert» davlat muassasasining direktori Odiljon Abduqahhorov 2017-yilda litsenziyasi olib qo'yilgan xonandalar ro'yxatini e`lon qildi.

«Ziyouz» sayt asoschisi Davronbek Tojialiev mutolaa borasida izchillik bilan davom ettirayotgan navbatdagi tadqiqotlari natijalarini o'z portalida e`lon qildi. «Google Analytics» ma`lumotlariga ko'ra, 2017 yili «Ziyouz» portaliga tashrif buyurganlar soni 4 001 426 nafarni tashkil etgan. O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona — «Ziyouz.com» kutubxonasida hozir 10185 kitob mavjud.

Islom manbaashunoslari “O'rta asrlarda Markaziy Osiyoda musulmon olamida hanafiya mazhabining ikkita katta ilmiy markazi vujudga keldi. Bu ilmiy markazlardan biri 9-10 asrlarda Buxoroda, ikkinchisi 10-11 asrlarda Samarqandda yuksak darajada rivoj topdi”, deb ma`lumot beradilar. Qadimshunoslar ma`lumotlariga ko'ra, Buxoro hanafiya mazhabi ilmiy markazining vujudga kelishi musulmon olamida ulug' alloma sanalgan Muhammad ibn Hasan Shayboniyning shogirdi, buyuk faqih Abu Hafs Kabir va u tarbiyalab etishtirgan olimlar bilan bog'liq bo'lsa, Samarqand ilmiy markazining asos solinishida Imom al-Buxoriy, Imom ad-Dorimiy, Abu Mansur Moturidiy kabi allomalarning xizmatlari katta bo'ldi.

Guliston shahrida madaniyat sohasida erishilgan yutuqlar va istiqboldagi vazifalar tahliliga bag'ishlangan yig'ilishda so'zga chiqqan O'zbekiston madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari, xalq artisti Ozodbek Nazarbekov shunday tashvish bildirdi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya va Tashqi ishlar vazirligi uch oy muddatda Parij shahridagi Luvr muzeyi va shu kabi xorijiy davlatlar muzeylarida O'zbekiston san`ati ko'rgazmasini tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.

Joriy yilning 25-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida  madaniyat va san`at sohasidagi dolzarb masalalar muhokamasiga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Moskva viloyati yosh tomoshabinlar teatri jamoasi mamlakatimizga ilk bor ijodiy safar bilan keldi.

Yozning sokin tunlarida samo bag'ri yulduzlarga to'la bo'ladi. Olislardan nur taratib turadigan bu yulduzlardan qanchasining nomlari aniq, ularning koinotda qachon paydo bo'lishi va qay mahalda botishi haqida yetarli ma`lumotlar mavjud. Bashariyat uchun xizmatlari ham kashf etilgan. Lekin ular orasida hali nomi ham, o'zi ham noma`lum bo'lgan, ilmiy tadqiq etilmagan, o'rganilmagan yulduzlardan qanchasi bor. Zamindagi insonlar taqdiri ham ana shu yulduzlarga o'xshaydi. Tarixda qancha ulug', buyuk shaxslar qatorida insoniyat uchun katta ishlar qilgan, ammo kechmishi, taqdiri, faoliyati, merosi tadqiq etilmagan, nomlari ko'pchilikka noma`lum insonlar qancha. Ular merosini o'rganish va xalqqa tanishtirish tarixiy zarurat. Ana shulardan biri Abdulloh an-Norinjoniydir.

Yozning sokin tunlarida samo bag'ri yulduzlarga to'la bo'ladi. Olislardan nur taratib turadigan bu yulduzlardan qanchasining nomlari aniq, ularning koinotda qachon paydo bo'lishi va qay mahalda botishi haqida etarli ma`lumotlar mavjud.

Pages