USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Abdulaziz Komilov Ispaniya Senati raisi muovini bilan uchrashdi

Nashr qilingan sana: 15 11 2017

Joriy yilning 14-noyabr kuni Madrid shahrida tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ispaniya Senati (Parlamentning yuqori palatasi) raisi birinchi o‘rinbosari Pedro Sanz bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston-Ispaniya muloqotini yanada rivojlantirish va parlamentlararo aloqalarni chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Oliy Majlisi va Ispaniya Bosh Korteslari o‘rtasida muntazam aloqalar siyosiy, savdo-iqtisodiy, ivestitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

Suhbat davomida umumiy kun tartibini aniq mazmun va qo‘shimchalar bilan to‘ldirish hamda o‘zaro munosabatlarga uzoq muddatli tus berishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

Ko'rishlar soni

92