USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Prezident innovatsion pillaxona bilan tanishdi

Nashr qilingan sana: 19 01 2018

Prezident Shavkat Mirziyoev Surxondaryo viloyatiga tashrifini Termiz tumanidagi «Inter Silk Pro» qo'shma korxonasiga qarashli pillaxona bilan tanishishdan boshladi. Bu erda Xitoy texnologiyasi asosida innovatsion usulda pilla etishtirilib, qayta ishlash tarmoqlariga etkazib berilmoqda.


Shu erning o'zida viloyatda qishloq xo'jaligini rivojlantirish, issiqxonalar, anorzorlar, yong'oqzorlar, intensiv bog' va tokzorlar, kovrak va pista plantatsiyalari, baliqchilik va parrandachilik komplekslari tashkil etish, er o'lchashda uchuvchisiz aviatsiya tizimidan foydalanish kabi loyihalar taqdimoti o'tkazildi.

Davlatimiz rahbari mazkur loyihalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

 

Ko'rishlar soni

121