USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Qirg’iziston orqali Toshkent – Qoshg‘ar yo’nalishi bo’yicha avtomobil qatnovi sinovdan o’tkaziladi

Nashr qilingan sana: 20 10 2017

Oktabrning oxiriga «Toshkent – Andijon – O‘sh – Irkeshtom – Qoshg‘ar» yo‘nalishi bo‘yicha O’zbekiston va Qirg’iziston vakillari hamkorligida avtomobil qatnovini sinovdan o‘tkazish rejalashtirilgan. 

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atamboyev telefon muloqoti davomida so’z bordi, deb xabar qilmoqda O’zA.

Suhbat davomida shu qatorda O‘zbekiston – Qirg‘iziston davlat chegaralarining qolgan uchastkalariga oid tegishli shartnomani huquqiy jihatdan rasmiylashtirish va imzolash jarayonini tezroq yakunlash, shuningdek, chegara o‘tkazish punktlarining samarali faoliyatini ta’minlashdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi. 

Ko'rishlar soni

326