USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Shavkat Mirziyoev Surxondaryoga jo'nab ketdi

Nashr qilingan sana: 19 01 2018

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida Surxondaryo viloyatiga jo'nab ketdi.


Surxondaryo viloyati 1941 yil 6 martda tashkil topgan. Aholisi soni 2 million 500 ming. Umumiy er maydoni 20,1 ming kvadrat kilometr. Viloyatda 280,8 ming gektar ekin maydoni mavjud. Shundan sug'oriladigan erlar – 240,9 ming gektar. Viloyat markazi – Termiz shahri. Viloyatdagi 13 ta tumanning har biri o'ziga xos salohiyatga ega. 24 yirik sanoat korxonasi, 60 qo'shma korxona, 11 mingdan ziyod kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ekti faoliyat yuritmoqda.

Prezidentimiz 2017 yil 10-11 fevralь kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog'ida ko'plab istiqbolli loyihalar bilan tanishgan va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan zarur topshiriqlar bergan edi. O'tgan bir yilga yaqin vaqt mobaynida viloyatda qator sanoat loyihalari ishga tushirildi, aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladigan ijtimoiy ob`ektlar foydalanishga topshirildi. Asosiysi, ko'plab yangi ish o'rinlari yaratildi.

O'zA

Ko'rishlar soni

103