USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Sport

16-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tarkibida “Taekvondo va sport faoliyati” fakultetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov Janubiy Koreya futbol assotsiatsiyasi prezidenti Chun Mun Guning taklifiga ko‘ra Seul shahriga safar uyushtirdi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.

Rossiyada sambo bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida dunyoning 93 davlatidan mingdan ortiq sportchi ishtirok etdi. Unda hamyurtlarimiz ham munosib qatnashdi.

Poytaxtimizda qo‘l jangi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo ochiq chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 10 oltin, 7 kumush va 13 bronza medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar beradi O‘zA.

Gretsiya poytaxti Afina shahrida tosh ko‘tarish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan bahodirlar o‘yinida ko‘p karra jahon chempioni, yurtdoshimiz Muhtarama Aliyeva o‘z kuch va mahoratini yana bir bor namoyon etdi, deb xabar beradi O‘zA.       

Aleksandr Mochinov boshchilik qilayotgan O‘zbekiston U19 termasi Osiyo Chempionatiga chiqa olmadi.

Boks bo‘yicha O‘zbekiston xotin-qizlar terma jamoasi a’zosi Go‘zal Ismatova Vetnamda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar beradi O‘zA.

O‘zbekiston U19 termasi bugun — 8-noyabr kuni Osiyo Chempionati saralashining so‘nggi turida Tojikistonga qarshi saf tortadi. Bellashuv Hisor shahrida Toshkent vaqti bilan 17:00 da boshlanadi.

Vetnamning Xoshimin shahrida ayollar o‘rtasida boks bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan turnirning juftlik bahslarida Jo‘rabek Karimov xitoylik Aoran Vang bilan bosh sovrinni qo‘lga kiritdi, deyiladi O‘zA xabarida.

Pages