USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Andijonlik Muhtarama Aliyeva – 12 karra jahon chempioni

Nashr qilingan sana: 09 11 2017

Gretsiya poytaxti Afina shahrida tosh ko‘tarish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan bahodirlar o‘yinida ko‘p karra jahon chempioni, yurtdoshimiz Muhtarama Aliyeva o‘z kuch va mahoratini yana bir bor namoyon etdi, deb xabar beradi O‘zA.       

Afinada bo‘lib o‘tgan bahodirlar o‘yini musobaqalarida Germaniya, Polsha, Fransiya, Italiya, Rossiya, AQSh singari jahonning 20 dan ortiq davlatidan 100 dan ortiq polvon g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

Musobaqaning xotin-qizlar o‘rtasidagi bahslarida 60 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan andijonlik Muhtarama Aliyeva 16 kilogramm og‘irlikdagi toshni “uzun usul” (erdan yelkaga, yelkadan yuqoriga, yuqoridan yelkaga va yelkadan yerga)da 10 daqiqa ichida 105 marta ko‘tarib, eng yuqori natijaga erishdi va o‘n ikkinchi bor jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

Ko'rishlar soni

251