USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Qo‘l jangi bo‘yicha Osiyo ochiq chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi birinchi o‘rinni egalladi

Nashr qilingan sana: 13 11 2017

Poytaxtimizda qo‘l jangi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo ochiq chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 10 oltin, 7 kumush va 13 bronza medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar beradi O‘zA.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, mamlakatimiz huquqni muhofaza qilish organlari qo‘l jangi federatsiyasi va Xalqaro qo‘l jangi federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu musobaqada qit’amizning o‘n beshga yaqin davlatidan yuzdan ortiq sportchi ishtirok etdi.

“O‘zbekiston” sport majmuasi mezbonlik qilgan Osiyo ochiq chempionatida terma jamoamiz a’zolarining muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Chempionat bahslarida Ramazon Temirov, Olimjon Normurodov, Muhiddin Mamajonov, Jahongir Jumayev va Botirbek Xo‘jabekov oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Husniddin Sattorov, G‘iyosiddin Jamoliddinov, Elbek Eshmurodov, Salohiddin Ibrohimov, Ilg‘or Asadov kumush, Shahboz Tursunov, Ravshan Abdulazizov, Alpomish Qurbonnazarov, Eldor Sulaymonov, Hasan Bozorov, Bahrom Mahmudov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Xotin-qizlar o‘rtasida o‘tgan bellashuvlarda Zarina Olimjonova, Maftuna Quvondiqova, Shohida Rahimova, Shahnoza Nizomova, Madina Ergasheva o‘z vazn toifalarida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Terma jamoamiz a’zolaridan Nozima Umarova hamda Robiya Qo‘chqorova ikkinchi, Maftuna Yodgorova, Sevara Mardonova, Hilola Karimova, Dilafruz Tursunboyeva, Maftuna Esonova, Zilola Teshayeva va Nataliya Qodirova uchinchi o‘rindan joy oldi

Osiyo ochiq chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. 

Ko'rishlar soni

128