USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Umid Ahmadjonov Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti etib saylandi

Nashr qilingan sana: 17 01 2018

Bugun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi majlislar zalida navbatdan tashqari hisobot-saylov bosh Assambleyasi bo'lib o'tdi deb xabar beradi O'FF matbuot xizmati.


Kun tartibidagi asosiy masala Milliy olimpiya qo'mitasiga yangi prezident saylash va Qo'mitaning vitse-prezidentlari hamda Ijroiya Qo'mitasi tarkibini tasdiqlashdan iborat bo'lib, yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Jismoniy tarbiya va sport Davlat Qo'mitasi raisi, sport federatsiyalari va viloyatlardagi sport tashkilotlari rahbarlari ishtirok etishdi.

Shu paytga qadar Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti sifatida faoliyat yuritgan Alisher Sultonov boshqa ishga o'tgani munosabati bilan MOQ yangi prezidenti sifatida O'zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov saylandi.

Milliy olimpiya qo'mitasining yangi vitse-prezidentlari Murod Azimov, Alisher Sultonov, Oybek Qosimov va Salim Abduvaliyev bo'lishdi.

Milliy olimpiya qo'mitasining yangi prezidenti Umid Ahmadjonov yig'ilishda so'zga chiqar ekan, quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi.

"Avvalom bor, Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan bildirilgan ushbu yuksak ishonch uchun chuqur minnatdorchiligimni bildiraman.

Bildirilgan ishonchni oqlash uchun bor kuch va g'ayratimni ishga solishga va`da beraman. Birgalikda O'zbekistonda Olimpiya sport turlarini rivojlantirib, yaratib berilayotgan sharoitlardan unumli foydalangan holda, 2020-yilda Tokioda bo'lib o'tadigan Yozgi Olimpiya o'yinlarida yuqori natijalarni qo'lga kiritish uchun astoyidil harakat qilamiz.

Yurtboshimizni sportchilarga ko'rsatayotgan e`tibor va g'amxo'rliklariga javoban, biz Prezidentimiz farzandlari Vatanimiz sharafini xalqaro sport arenalarida munosib himoya qilishga va nufuzini yanada oshirishga, erishgan yutuqlarimiz bilan xalqimiz va Yurtboshimizni xursand qilishga va`da beramiz", - dedi Umid Ahmadjonov.

Ko'rishlar soni

223