12 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,9 °C

«PV» matеriallaridan foydalanish

«pv.uz» portali tahririyati reklama materiallari va e’lonlarning ishonchliligi hamda mazmuni uchun javobgar emas. Saytda e’lon qilingan materiallardagi muallif fikri tahririyat fikriga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Tahririyat ma’lumot bermaydi va o‘z ixtiyoriga ko‘ra, o‘quvchilar bilan yozishmalarga kirishadi.

 

«PV» MATERIALLARIDAN FOYDALANISH

 Internet-resurslardan foydalanish

Portaldan olingan materialni bir marta ko‘chirib bosishda matnda - boshlang‘ich materialning pv.uz portalidagi giperhavolasi bilan «Pravda Vostoka» gazetasi», deya ko‘rsatilishi shart. Bunda yozma ruxsatnoma olish talab etilmaydi.

Materiallardan muntazam foydalanish uchun rozilik va ruxsatnoma olish uchun tahririyatning pv.uz.portal@gmail.com elektron manziliga murojaat qiling.

Quyidagi hollarda materiallardan erkin foydalanish (jumladan, iqtiboslar keltirish)ga yo‘l qo‘yiladi:

- agar yangilik yoki xabar yaqinda sodir bo‘lgan va bo‘layotgan hodisani aks ettirsa, boshlang‘ich materialning pv.uz portalidagi giperhavolasi ko‘rsatilsa;

- agar bu mualliflik materiali bo‘lib, iqtibos keltirish asar mazmuniga ziyon keltirmasa va muallifning qonuniy manfaatlariga putur yetmasa. Bunday hollarda muallifning ismi-sharifi va olingan manba (boshlang‘ich materialning pv.uz portalidagi faol giperhavolasi) ko‘rsatilishi shart.

Fuqarolarning shaxsiy maqsadlarda huquq egasi «PV»ning ruxsatisiz foydalanishi (ko‘chirib olishi, yuklashi, nusxa ko‘chirishi, diskka saqlab olishi, ijtimoiy tarmoqlarda qayta ko‘chirib bosishi)ga yo‘l qo‘yiladi.

Erkin foydalanishdan boshqacha ko‘rinishlarda O‘zbekiston Respublikasining «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi qonunida o‘rnatilgan tartibda ruxsat etiladi.

Bosma nashrlarda foydalanish

pv.uz portalidagi matnli materialni bosma narshda yoki boshqa usulda qayta bosishga ruxsatnoma olish uchun gazetaning pv.uz.portal@gmail.com elektron manziliga murojaat yo‘llash talab etiladi. «Pravda Vostoka» gazetasi nashri materiallaridan foydalanish (qayta bosish) har bir maqola uchun ruxsatnoma olinishini nazarda tutadi.

Illyustratsiya va mediakontentlardan foydalanish

Portalga joylashtirilgan illyustratsiya va multimedia materiallaridan foydalanishga pv.uz manbasi ko‘rsatilgan hollardagina ruxsat etiladi. Salbiy, tanqidiy, obro‘sizlantiruvchi va fuqarolarning qadr-qimmatini to‘kuvchi mazmundagi materiallarda fotosuratlardan (ayniqsa, kishilarning) foydalanish taqiqlanadi.

Diqqat!

«Pravda Vostoka» huquq egalari boshqa bo‘lgan materiallarga egalik qilishga haqli emas (masalan, axborot agentliklari va boshqa ommaviy axborot vositalari yoki nashriyotlar, reklama beruvchilar taqdim etgan materiallarga, shuningdek, «PV»ga tegishli bo‘lmagan fotosuratlarga). Bunday materiallardan foydalanish huquqini olish uchun ko‘rsatilgan huquq egasiga murojaat qilinsin.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech