23 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -3,6 °C

Vakansiyalar

“Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” 
gazetalari tahririyati va portaliga xodimlarni ishga taklif qilamiz

 

Bizning taklifimiz: 
- ahil jamoada mehnat;
- o‘z vaqtida va barqaror maosh;
- har chorakda bonuslar.

 

Ish o‘rinlari:

- muharrirlar (o‘zbek va rus tillarida);

- rus va/yoki o‘zbek tillarida yozadigan hamda bosma/internet OAVlarda ish tajribasiga ega bo‘lgan muxbirlar/viloyatlardagi o‘z muxbirlari (tajribaga ega bo‘lmaganlar ko‘rib chiqilmaydi);

- musahhihlar (o‘zbek tilida)

- dizaynerlar (Adobe Indesign, Illustrator, Corel Draw, Photoshop dasturlarida ish yurita bilish zarur).

- suratkashlar.

- Buxgaletriyaga: buxgalterlar, bosh hisobchi yordamchisi. Talablar: 1S, Didox va boshqa dasturlarda ish yurita olish.

- Referent-kotib.

- Kadrlar bilan ishlash bo‘yicha inspektor.

- Yuriskonsult (bosma OAVga oid qonunchilikni bilish, tajribaga ega bo‘lish shart).

 

-Internet portalga:

- Portalning o‘zbek va rus tilidagi talqinlariga administratorlar (savodli jurnalistlar);
- moderatorlar (o‘zb. va rus);
- tarjimonlar (o‘zb, rus va ingliz tillarida);
- jurnalistlar;
- kolumnistlar, blogerlar (masofadan turib ishlash ehtimoli bor);
- dasturchilar.

 

Vazifalar va talablar: 
- to‘liq bandlik;
- oliy ma’lumot;
- bir yil va undan ko‘p kasbga oid ish tajribasi;
- savodlilik;
- mas’uliyatni his etish, yuqori ish tezligi, vazifalarni o‘z vaqtida bajarish;
- bir nechta tilini bilish afzallik hisoblanadi.

Murojaat uchun telefon: (71) 233-05-18.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech