23 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,3 °C

Mamlakatimizda
25 Aprel  2019 3237

9 May – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Sharaf lentasi”ni tarqatish boshlandi

Xabaringiz bor, 23-aprel kuni davlatimiz rahbarining “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori imzolandi. Ushbu qaror ijrosi doirasida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi tomonidan bir qator yirik loyihalarga start berildi.

Xususan, joriy yil may oyining birinchi o‘n kunligi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tizimida “Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlab “Ajdodlarni xotirlash muqaddas qadriyat” shiori ostida dekada e’lon qilindi.

Dekada doirasida bugun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan faol va ko‘ngilli yoshlar ishtirokida Toshkent shahrining Xalqlar do‘stligi majmuasi oldi maydoni, Sayilgoh ko‘chasi, Talabalar shaharchasi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi binosi oldida jami 60 ming dona milliy bayrog‘imiz ramzi tushirilgan “Sharaf lentasi” aholiga tarqatildi va bu aksiya butun respublika bo‘ylab start oldi.

Bundan tashqari, 9 May – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi mazkur bayramning yoshlar orasida keng ommalashtirish, ularning faol ishtirokini ta’minlash maqsadida joriy yilning 10-mayiga qadar “Mening bobom mehnat faxriysi!” shiori ostida fotosuratlar tanlovini e’lon qildi. Tanlovda ishtirok etish shartlari oddiy bo‘lib, bunda yoshlar ikkinchi jahon urushi yillarida front ortida mehnat qilgan, bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan bobolari bilan fotosuratga tushib, uni #bobombilanfaxrlanaman, #meningbobommehnatfaxriysi xeshteglari ostida ijtimoiy tarmoqlarga joylashtiradilar. Tanlov g‘oliblari dekada yakunlariga ko‘ra tashkiliy qo‘mita tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech