15 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,7 °C

Tashvishli xabar
26 Yanvar  2019 2296

Muammoga ko‘z yumish osonroq-da!..

Suratdagi dayver ham, g‘avvos ham emas. Bu «Uztelecom» kompaniyasining Sirdaryo viloyati filiali xodimi.

 

Hammasi kunlarning birida Gulistondagi ko‘p qavatli uylardan birining aholisi telefon aloqasisiz qolganidan so‘ng boshlandi. Qo‘shimchasiga internet o‘chdi, ba’zilar IPTV xizmatisiz teleko‘rsatuvlarni ko‘rolmayqoldi.

Telekommunikatsiya tarmog‘i mutaxassislari o‘zlarini ko‘p kuttirishgani yo‘q. Uylarning yerto‘lalari suvga to‘lgani bois aloqada muammolar paydo bo‘lgani aniqlandi. Xullas, xodimlarning tizim ishini yo‘lga qo‘yishlari uchun suvga beligacha tushishlariga to‘g‘ri keldi. Biroq oyning o‘rtasidan beri yig‘ilgan suv tufayli hammasi cho‘zilib ketdi.

Keyin ma’lum bo‘lishicha, kanalizatsiya tarmog‘i nosozligiga Zavqiy ko‘chasidagi 2-uy, Islom Karimov ko‘chasidagi 98-uy, Eshonxo‘jaev ko‘chasidagi 2-uy aholisi ham to‘qnash kelgan. Eng achinarlisi, yerto‘lalardan ushbu to‘planib qolgan suvlarni hyech kim chiqarib olishga shoshilmayapti. Mutasaddilar esa xo‘p bo‘ladi, to‘g‘rilaymiz, shuyam muammo bo‘ptimi, deb o‘ylashgan bo‘lishsa kerak.

Jasur Polvonov.

Muallif surati

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech