05 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,2 °C

Turizm
2 Yanvar  2020 1631

Toshkent viloyatining turizm salohiyati “Oltin halqa” konsepsiyasi asosida rivojlantiriladi

Toshkent viloyatiga tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimini ko‘paytirish, ularga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda mahalliy aholi daromadini oshirish maqsadida Bo‘stonliq, Ohangaron, Parkent, Bo‘ka, Chinoz, Zangiota tumanlari va Angren shahrida “Oltin halqa” konsepsiyasi asosida zarur infratuzilma shakllantiriladi, deb xabar qiladi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.

Vazirlar Mahkamasining “2019-2021-yillarda Toshkent viloyatida turizm sohasini jadal rivojlantirish to‘g‘risida”gi 1053-sonli qarorida (2019-yil 31-dekabr) shu haqida so‘z yuritiladi. Hujjatga ko‘ra, Toshkent viloyatidagi har bir tuman o‘ziga xos bo‘lgan turistik mahsulotlarni ishlab chiqib, turizmning alohida yo‘nalishlarini rivojlantirib boradi.

Masalan, Bo‘stonliq tumani "Chorvoq” erkin turistik zonasi, Ugam-Chotqol milliy bog‘i, “Chorvoq” suv omboriga ega, hududda turizmning barcha yo‘nalishlarini rivojlantirish imkoniyati mavjud;

Parkent tumani – tog‘ oldi hududi hisoblanib, tabiati go‘zal, hududning ziyoratgohlari, agroturizm maskanlari, mazali ovqatlanish shoxobchalari mavjud; Zangiota tumani - tarixiy hudud, u ziyorat turizmi ob'ekti bo‘lgan “Zangiota” majmuasi, hunarmadchilik markazlari, savdo majmualariga ega;

Ohangaron tumani tarixiy manzilgohlar, madaniy meros ob'ektlariga boy, sanoat turizmi yunalishi bo‘yicha turizm namoyishi ob'ektlariga ega;

Bo‘ka tumanining gastronomik turizm yo‘nalishida o‘ziga xos turistik ob'ektlari mavjud;

Chinoz tumani Toshkent va vohani bog‘lovchi asosiy magistral yo‘l bo‘yida joylashgan bo‘lib, agroturizm, gastronomik turizm va turizmning boshqa turlarini rivojlantirish imkoniyatlariga ega;

Angren shahri sanoat shahri ekanligi bilan mashhur,

Yangiobod va Lashkarak hududlarining tabiati go‘zal, sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi yo‘lbo‘yi ovqatlanish shoxobchalari bor.

Ta'kidlash joizki, mazkur konsepsiya doirasida dastlab turizm salohiyati yuqori bo‘lgan Bo‘stonliq, Parkent, Zangiota, Ohangaron, Bo‘ka, Chinoz tumanlari va Angren shahri qamrab olinadi, keyinchalik esa viloyatning boshqa hududlariga ham tatbiq qilinadi. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech