30 Mart 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,4 °C

Tashvishli xabar
3 Fevral  2020 1135

1 000 000 AQSh dollari banknotasini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uychi tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.L. boshqa fuqaroning ishonchiga kirib uni aldab, xorijiy banklardan kredit olib berish va o‘zining 1 mln. AQSh dollari ko‘rinishidagi kupyurasini sotish evaziga, undan firibgarlik yo‘li bilan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida  ushlangan.

Bank ma'lumotiga ko‘ra, 1 000 000 AQSh dollarlik banknota suvenir sifatida chiqarilganligi, qonuniy to‘lov vositasi hamda valyuta qimmatligi hisoblanmasligi ma'lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan S.L.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech