02 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,9 °C

Urbanizatsiya
9 Yanvar  2020 1553

1 martdan hududlar qiyofasini yangilash masalasi keng muhokama qilinadi

Qonunchilikka kiritilgan yangilikka muvofiq, yer ajratish va shaharsozlik sohasida jamoatchilik nazorati mexanizmlari kengaytirilmoqda.

Xususan, 2020-yil 1-martdan boshlab:

aholi maskanlarining me'moriy qiyofasini tubdan yangilash va obodonlashtirish, shuningdek, ularda kompleks qurilish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirishga oid qarorlar dastlab o‘sha hududdagi aholi o‘rtasida muhokama qilinadi va jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkaziladi.

Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga yer ajratish haqidagi hujjatlar qabul qilinganidan (rasmiylashtirilganidan) keyin 1 kun muddatda tegishli hokimliklarning rasmiy veb-saytlarida e'lon qilib boriladi.

Bu masalaga oid tartiblar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2019-yil 13-dekabrdagi “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta'minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilab o‘tilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech